Ushbu hafta oxirida Coca Cola Superligada 8-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “Nasaf” o`z uyida “Qizilqum”ni qabul qiladi. Mazkur bahsda “ajdarlar” jamoasi an`anaviy to`liq ko`k rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. Navoiylik futbolchilar esa oq futbolka, qora shorti va oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Nasaf” — “Qizilqum” uchrashuvi 10 may, juma kuni soat 18:50da Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo`lib o`tadi.