
O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, bir qator futbolchilarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo`llanildi.
Jumladan, “Navbahor” – “So`g`diyona” bahsida maydonda yotgan raqib futbolchisi boshini bosib, noprofessional tarzda tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan “So`g`diyona” a`zosi Sardor Qulmatov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan 5 million so`m jarima belgilandi.
Superliga
Uchrashuv: “Navbahor” – “So`g`diyona”
Jarimaga tortildi: Sardor Qulmatov (“So`g`diyona”)
Sabab: tajovuzkor xatti-harakat
Qaror: 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya va 5 million so`m jarima
Pro-liga
Uchrashuv: “Yashnobod” – “Turon”
Jarimaga tortildi: Shokir Beknazarov (“Yashnobod”)
Sabab: Raqibga ataydan jiddiy jarohat etkazadigan tarzda zarba berib o`yin qoidasini buzgani uchun
Qaror: 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya va 1 million so`m
Uchrashuv: “Zarangari” – “Orol”
Jarimaga tortildi: Ruslanbek Menlimuratov (“Orol”)
Sabab: O`yin to`xtab turgan vaziyatda raqibga to`pni ataydan zarb bilan tepib yuborgani uchun
Qaror: 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya va 1 million so`m
Uchrashuv: “Ittifoq Navoiy” – “Zomin”
Jarimaga tortildi: Alimardon Murodov (“Ittifoq Navoiy” jamoasi boshlig`i)
Sabab: O`yindan so`ng hakamlar xonasiga kirib, hakamlar sha`niga noma`qul so`zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 million so`m jarima