Aprel oyining eng chiroyli goliga ovoz berish jarayoni boshlandi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca  Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz   nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan aprel oyida Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur o`yinlarda bir qator chiroyli gollar darvozalardan joy oldi.

Quyida aprel oyi yakunlariga ko`ra, eng chiroyli gol muallifi bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxatini taqdim etamiz. Siz o`z nomzodingizga Tribuna.uz saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo`lasiz.

 

Aprel oyining eng chiroyli goli muallifi:

 

Nomzod

Klub

Qaysi o`yinda?

Temurxo`ja Abduxoliqov

Lokomotiv

Lokomotiv – Andijon (3-tur)

Doston Ibragimov

Buxoro

Buxoro – Qizilqum (3-tur)

Elyor Orifov

So`g`diyona

So`g`diyona – Metallurg (5-tur)

Jasur Jaloliddinov

Bunyodkor

Bunyodkor – Andijon (4-tur)

Ivan Nagaev

Buxoro

Qo`qon-1912 – Buxoro (4-tur)

Xurshid G`iyosov

Bunyodkor

Buxoro – Bunyodkor (6-tur) birinchi goli

mib
uzcard
cola
apex
bmb