Aprel oyining eng yaxshi darvozaboniga ovoz berish jarayoni boshlandi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettiramiz. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz  nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca  Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz   nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan aprel oyida Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. 

Mazkur o`yinlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`lishdi. Quyida aprel oyi yakunlariga ko`ra, eng yaxshi bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxatini taqdim etamiz. Siz o`z nomzodingizga Tribuna.uz saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo`lasiz.

 

Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

O`tkir Yusupov 

Navbahor

3 o`yin – 2 quruq o`yin – 6 seyv

Asilbek Omonov 

Surxon

4 o`yin – 3 quruq o`yin – 6 seyv

Murod Zuxurov

Bunyodkor

4 o`yin – 2 quruq o`yin – 8 seyv

Javohir Ilyosov

Lokomotiv

4 o`yin – 2 quruq o`yin – 4 seyv

Sanjar Quvvatov

Paxtakor

4 o`yin – 2 quruq o`yin – 3 seyv

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb