“Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ketma-ket mag`lubiyatlardan so`ng jamoamizda biroz tushkunlik kayfiyati mavjud edi. Bugun yaxshi o`yin ko`rsatishga harakat qildik va yakunda ko`zlangan maqsadga erisha oldik. Muxlislarga bizni qizg`in qo`llab-quvvatlashgani uchun tashakkur. Bugun xatto Buxorodan ham ko`plab ishqibozlar kelib, bizni qo`llab-quvvatlab turishdi. “Bunyodkor” jamoasi bugun yaxshi qarshilik ko`rsatdi. Ushbu g`alaba bilan to`xtab qolmaymiz, kelasi bahslarda yana zafar quchishga urinamiz, - dedi mutaxassis.