“Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Birinchi bo`limda yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan vaqtida unumli foydalanishimiz lozim edi. Bugun barcha masalani tajriba hal etdi. Raqib bizdan ko`ra ko`proq tajribaga ega va natijada bugun bizni mahorat evaziga mag`lub etdi. “Qizilqum”ni g`alaba bilan tabriklayman. Durangga xos o`yin bo`dli. Ular penaltidan foydalanib ketishdi. Biz esa shundan so`ng aytarli vaziyat yarata olmadik, - dedi mutaxassis.