Mirjalol Qosimov: Bugungi uchrashuv biz uchun juda ham muhim edi

AGMK – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi: 

- Bugungi uchrashuv biz uchun juda ham muhim edi. Ruhiy tarafdan tiklanib olishimiz uchun g`alaba zarur edi. Bugun yigitlar yomon harakat qilishmadi. Bahs keskin kurashlarga boy bo`ldi. Ikkinchi bo`limda hisobda ortda borayotgan “Surxon” ko`proq hujum uyushtirdi. Biz ham bo`sh kelmaslikka urindik va natijada ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo`ldik. Bu 3 ochko juda zarur edi. Hali oldinda o`yinlar ko`p, ishlashda va xatolarimizni tuzatishda davom etamiz, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb