Andrey Miklyaev: Qayd etilgan natijadan ko`nglim to`lmadi

AGMK – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirdi: 

- Qayd etilgan natijadan ko`nglim to`lmadi. Ikkita ikki xil taymlar o`tkazdik. Olmaliq jamoasiga bugun g`alaba juda zarur ekanini bilar edik. Ular anchadan beri g`alaba qozonishmagan edi. Biz birinchi bo`limni ancha sust o`tkazdik. Oldingi chiziqda ishlarimiz uncha yurishmayapti. Natijada mana 3 ta o`yindirki, raqib darvozasiga gol kirita olmayapmiz. Bugun ikkinchi bo`limni yaxshi o`tkazgan bo`lsak-da, taym so`nggida yana gol o`tkazib yubordik va yakunda imkoniyatni boy berdik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb