“Andijon” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Dinamo” – juda yaxshi jamoa. Lekin biz uydagi o`yinda 3 ochkoni qo`lga kiritishimiz lozim edi. Kerak bo`lmagan vaziyatda gol o`tkazib yubordik. Himoyada ishonchliroq o`ynashimiz lozim edi. 2 ta zarbaning ikkalasi ham golga aylandi. Qolaversa, yaratilgan qulay imkoniyatlarda unumli foydalanishda ham u qadar muvaffaqqiyatli o`ynamadik. Gol o`tkazib yuborgach biroz shoshib qoldik. Balkim raqib jamoa bizdan ko`ra 2 kun ko`proq dam olgani ham o`yinga o`z ta`sirini o`tkazgandir, - dedi mutaxassis.