“Andijon” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Avvalo kelayotgan Ramazon oyi bilan barchani muborakbod etaman. O`yin haqida to`xtalsam, uchrashuvni juda yaxshi boshladik. Lekin keyinroq taxminan 20-25 daqiqa tashabbusni “Andijon”ga berib qo`ydik. Natijada o`zimiz yo`l qo`ygan 2 ta xato evaziga darvozamizdan gol o`tkazib yubordik. To`g`ri, 2 ta gol o`tkazib yubordik. Lekin safarda durang qayd etib, ochko olish – debyutant jamoa uchun yaxshi natija. Bugun jarohat sabab bir qator futbolchilar jamoamizga yordam bera olishmadi. Lekin ularning o`rniga maydonga tushgan futbolchilar sheriklarining yo`qligini bilintirishmadi. Shogirdlarimning harakatlaridan mamnunman, ularga rahmat aytaman, - dedi mutaxassis.