Baxtiyor Ashurmatov: Kelayotgan turlarda vaziyatni o`nglashga harakat qilamiz

“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi o`yin ancha qiyin o`tdi. “Nasaf” ancha yaxshi shakllangan jamoa ekanini yana bir bor isbotladi. Biz qayd etilgan mag`lubiyat uchun muxlislar oldida aybdormiz. Lekin ishqibozlar bilishlarini xohlardimki, biz o`yinga chin dildan bor kuchimizni ishga solgan holda tayyorlagan edik. Lekin bugun ko`plab vaziyatlarda omad etishmadi, o`yinimiz qovushmadi. To`g`ri, hozirgi vaqtda musobaqa jadvalidagi o`rnimizdan muxlislarimiz hafa. Lekin biz butun jamoa bo`lib, kelayotgan turlarda ushbu vaziyatni o`nglashga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb