“Navbahor” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- O`yin ajoyib tarzda o`tdi. Hamma mamnun. Stadionimiz ochildi. Eng muhimi g`alaba va oltinga teng ochkolar qo`lga kiritildi. Yigitlarning ham maydonda borlarini berib harakat qilishganidan xursandman. O`yin oxirida gol o`tkazib yuborganimizni aytmaganda, umuman olganda yaxshi o`yin o`tkazdik. Shu o`rinda, jamoamizni qo`llab-quvvatlash uchun kelgan va bizga ajoyib bayramona ruh bergan ishqibozlarimizdan minnatdorman. Yakunda qayd etilgan natijadan va shogirdlarimning ko`rsatgan o`yinidan qoniqish xosil qildim, - dedi mutaxassis.