“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Bugun bizga omad kulib boqdi. Qolaversa, o`yin oxiridagi vaziyatda darvozabonimiz bizni muqarrar goldan qutqardi. Bugun ikkala taymning ham boshida ancha yaxshi harakat qildik. Bo`limlar boshida xavfli vaziyatlar yaratdik. Lekin oxiriga kelib charchoq alomatlari sezila boshladi. “Buxoro” jamoasi – juda kurashuvchan jamoa. Shu sababdan ham yigitlarga kurashda imkoniyatni raqibga boy bermasligimiz lozim ekanini uqtirgan edim. Menimcha, buni uddalay oldik va yakunda g`alaba qozondik, - dedi mutaxassis.