Coca-Cola Superliga 7-turidan joy olgan “Lokomotiv” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
- Bunday uchrashuv haqida fikr bildirish biroz mushkul. O`yin biz hoxlagandek chiqmadi. So`nggi daqiqalardagi penalti juda achinarli bo`ldi. Yaratgan vaziyatlarni gol bilan tugata olmadik. O`yinni so`nggi daqiqalarigacha olib bormasdan, natijani oldinroq hal qilishga imkoniyatlar bor edi, - dedi mutaxassis.