O`zPFL saratonga chalingan bolalarni qo`llab-quvvatlash aktsiyasini boshladi

 

Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bir oy vaqt qoldi. O`zPFL bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida futbol akademiyalari uchun bo`lgan talabni kuchaytirgandi. Endi biz sog`lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo`llab-quvvatlash aktsiyasini boshlaymiz.

Bu aktsiya davomida Coca Cola kompaniyasi bilan yaqindan homiylik qilinadi. Unga ko`ra, Superliganing 9 va 10-tur bellashuvlarida jamoalar mazkur aktsiya doirasida qator tadbirlarda ishtirok etadi. Saratonni engib o`tish kabi mashaqqat bilan kurashayotgan jajji qalblarni futbol muxlislari ham qo`llab-quvvatlashlari mumkin. Yuqoridagi turlar davomida har bir stadionga xayriya qutilari o`rnatiladi. Ularda yig`ilgan mablag`lar esa o`sha hududdagi onkologiya markazlariga o`tkazib beriladi.

O`zPFL mazkur aktsiyaning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bugun tashkilot xodimlari mamlakatning eng tajribali hakami Ravshan Ermatov bilan Respublika onkologiya ilmiy markazining bolalar bo`limiga tashrif buyurdi. Ko`zni quvnatadigan darajada shirin bolajonlarga turli sovg`alar, futbol liboslari, to`plar ulashildi. Shuningdek, markazga moddiy yordam ko`rsatildi.

O`zPFL ishchi guruhi saratonga qarshi kurash olib borayotgan bolalarning yorqin va sog`lom kelajaklariga ishonadi. Ular har birimizning farzandlarimiz kabi baxtli yashashga haqlidirlar. Yuqoridagi aktsiyada ishtirok etish istagida bo`lgan muxlislarimiz stadionlarga tashrif buyurib, bolalarga yumshoq o`yinchoqlar yoki imkon darajasida moddiy yordam ko`rsatishlari mumkin. Shuningdek, mazkur aktsiya doirasida Superliga klublari hamda ularda to`p surayotgan futbolchilar ham o`rnak ko`rsatishlaridan umidvormiz.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb