CocaColaSuperligada 7-tur uchrashuvlari start oldi.
Ushbu turda “Qizilqum” o`z maydonida “Bunyodkor” bilan bahs yuritadi. Mazkur qarama-qarshilikda “Qizilqum” futbolchilari ana`anaviy qizil rangli libosda maydonga chiqishadi. “Bunyodkor” a`zolari esa to`liq ko`k rangdagi sport formalarida maydonda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Qizilqum” — “Bunyodkor” bahsi 5 may, yakshanba kuni soat 19:45da “Yoshlar” sport majmuasida bo`lib o`tadi.