Coca Cola Superligada 7-tur uchrashuvlari start oldi.
Ushbu tur doirasida “Andijon” o`z maydonida “Dinamo” bilan bahs olib boradi. Mazkur to`qnashuvda “burgutlar” to`liq oq rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. Samarqandlik futbolchilar esa to`liq ko`k formada o`ynashadi.
Ta`kidlash joiz, “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi 5 may, yakshanba kuni soat 17:20da “Sog`lom avlod” stadionida bo`lib o`tadi.