Coca Cola Superligada 7-tur uchrashuvlari start oldi.
Tur doirasida 4 may, shanba kuni “Navbahor” o`z maydonida “So`g`diyona”ni qabul qiladi. Mazkur bahsda “lochinlar” an`anaviy qizil libosda maydonga chiqishadi. Jizzaxlik futbolchilar esa to`liq oq rangli sport formalarida harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Navbahor” — “So`g`diyona” uchrashuvi 4 may, shanba kuni soat 19:00da Namangandagi “Markaziy” o`yingohda bo`lib o`tadi.