“Paxtakor” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ikki xil taymlar guvohi bo`ldik. Birinchi bo`limda ancha tezkor va yaxshi harakat qildik. Bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishga yaqin keldik. Lekin ikkinchi bo`limda biroz charchoq alomatlari sezildi. Shukr, shunga qaramay raqibga ham ortiqcha imkon bermadik. Har 3-4 kunda o`yin o`tkazayotganimiz biroz ta`sir ko`rsatdi. Lekin yigitlar oxiriga qadar turib bera olishdi va endilikda bor e`tiborni keyingi mas`uliyatli bahsga qaratamiz, - dedi mutaxassis.