“Paxtakor” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Yaxshi o`yin bo`ldi. Biz munosib o`yin namoyish etdik. Faqatgina gol urgandan so`ng futbolchilarimiz ularga tayyorgarliklar jarayonida tushuntirilganidek harakat qilishmadi. Ayniqsa, hamisha bizning jamoamiz bilan o`yinlarda juda muvaffaqiyatli o`ynaydigan raqib safidagi 9-raqamdagi futbolchi pozitsiyasidagi mening o`yinchilarimga nima qilish lozimligini maydonda ham, videomashg`ulotlarda ham tushuntirgan edim. Lekin juda oddiy xatolar evaziga jazolandik. Ikkinchi bo`limda esa raqib jismonan ancha toliqib qoldi. Lekin baribir yakunda g`alaba ularga nasib etdi. Nima ham derdim, raqibni g`alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor”ga OChL uchrashuvida omad tilayman, - dedi mutaxassis.