O`zbekiston Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o`tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi bir necha uchrashuvlar yakuniga ko`ra sariq kartochkalari soni to`rttaga etgan va navbatdagi tur o`yinlarini o`tkazib yuborishi lozim bo`lgan futbolchilar ro`yxatini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, “So`g`diyona” jamoasi a`zosi – Elyor Orifov hamda “Dinamo” futbolchisi Hakimxon A`lamxonov navbatdagi turda maydonga tusha olishmaydi.