
O`FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Namangan shahridagi stadionning qayta foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etadi.
Xabaringiz bor, “Navbahor” klubi o`zining uy uchrashuvlarini o`tkazuvchi stadion maysasi O`zPFL talablari darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy uchrashuvni yuz minglab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So`g`diyona” klubini qabul qiladi. Coca Cola Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi nuqtai nazaridan kech soat 19:00 da boshlanadi.
Avvalroq O`FA birinchi vitse-prezidenti Andijondagi “Sog`lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi. Bungacha esa u Surxondaryoga tashrif buyurib, “Surxon” futbol klubi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko`zdan kechirgandi.