Andrey Miklyaev: Bugun jamoamiz 2 ochko yo`qotdi

“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi bahs qiyin o`tganini ayta olaman. Bunga hukm surgan ob-havo ham biroz ta`sir o`tkazdi. Biz o`zimiz istagan natijani qayd eta olmadik. Raqib himoyasini yorib o`tib, darvozani ishg`ol etishning imkoni bo`lgani yo`q. O`zi umuman hujumda ko`plab vaziyatlar yuzaga ham kelmadi. 2-3 ta qulay imkoniyatni esa qo`ldan boy berdik. Shu sababdan bugun jamoamiz 2 ochko yo`qotganini ta`kidlay olaman, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb