“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- O`yin kurashlarga boy tarzda o`tdi. Juda jangovar ruhdagi bahs bo`lganini ta`kidlay olaman. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Shuningdek, uzoq masofadan bizni qo`llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlarimizdan ham minnatdorman. Superligada har bir uchrashuv jiddiy kurashlar ostida o`tadi. Har 3-4 kunda o`yin o`tkazyapmiz. Asosiysi – shu oraliqda imkon qadar tezroq tiklanib, keyingi o`yinga tayyor bo`lsak bo`lgani. Bugungi bahsda qo`lga kiritilgan ochkodan mamnunmiz. Endi kelasi o`yinlarda ham ochkolar qo`lga kiritishga urinamiz, - dedi mutaxassis.