“Qo`qon-1912” — “Lokomotiv” to`qnashuvining birinchisi Toshkentda o`tadi

Ayni vaqtda Qo`qon shahridagi stadionda ta`mirlash ishlari davom etmoqda. Shu sababli “Qo`qon-1912” klubi o`zining uy uchrashuvlarini Farg`onadagi “Istiqlol” stadionida o`tkazib kelyapti.

Qo`qonliklar Coca  Cola  Superliganing 7-turi doirasida “Lokomotiv”ni qabul qilishi kerak edi. Mazkur bellashuv ikki tomon kelishuviga ko`ra, Toshkentda o`tadigan bo`ldi. “Temiryo`lchilar” ikkinchi davra o`yinini safarda o`tkazadi.

Shu tariqa uchrashuv 2 may kuni “Lokomotiv” stadionida 18:30 da start oladi. Avvalroq “Paxtakor” — “Metallurg” o`yini 1 may kuni bo`lib o`tishi belgilangandi. Mazkur o`zgarishlar Osiyo Chempionlar ligasida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarga qo`shimcha qulayliklar yaratadi.

 

7-tur

1 may, chorshanba

18:30 PAXTAKOR — METALLURG

 

2 may, payshanba

18:30 LOKOMOTIV —QO`QON-1912

 

4 may, shanba

17:30 NAVBAHOR — SO`G`DIYoNA

19:45 BUXORO — NASAF

 

5 may, yakshanba

17:20 ANDIJON — DINAMO

17:30 AGMK — SURXON 

19:45 QIZILQUM — BUNYoDKOR

mib
uzcard
cola
apex
bmb