Ulug`bek Baqoev: Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman

“So`g`diyona” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ulug`bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Yigitlarga maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun ular jangovar tarzda harakat qilishdi va o`yin so`nggiga qadar qo`llarini ko`tarishmadi, kurashishdi, harakat qilishdi. Shuningdek, “Paxtakor” jamoasini qo`lga kiritgan g`alabasi bilan tabriklayman, - deya qisqacha fikr bildirdi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb