Shota Arveladze: Kutganimdek ancha murakkab o`yin bo`ldi

“So`g`diyona” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Oldindan kutganimdek ancha murakkab o`yin bo`ldi. Lekin butun o`yin davomida raqibga umuman imkoniyat bermadik. Xatto raqib darvozamizga biror xavfli zarba yo`llaganini ham eslay olmayman. Ikkinchi bo`limda burchakdan bitta zarba bo`ldi, va asosan bir-ikkita burchak to`plari. Umuman olganda, butun bahsni nazoratimiz ostida o`tkazdik. Ikkinchi taymda juda ko`plab qulay vaziyatlarimiz bo`ldi. Yakunda esa 2 ta vaziyatdan unumli foydalandik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb