“Metallurg” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi:
- Umuman olganda, bugun biz ushbu bahs uchun berilgan barcha ko`rsatmalarni deyarli 99 foizga ado eta oldik. Buni yakuniy natija ham aytib turibdi. Qo`lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g`alaba bilan butun jamoamizni tabriklayman. Asosiy maqsadimiz keyingi uchrashuvlarda ham faqat va faqat olg`a intilish, - deya qisqacha fikr bildirdi mutaxassis.