“Metallurg” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi No``mon Hasanov quyidagicha fikr bildirdi:
- Avvalo, “Metallurg” jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Penalti qo`yilgan vaziyatga e`tirozim bor. Menimcha, bu vaziyatda qoida buzilmagan edi. Ikki jamoa o`yinchilari ham to`p uchun kurash olib borayotgan edi. Harakatda bo`lgan bizning futbolchi birdan to`xtab olmaydiku, axir.
Shogirdlarim bugun yaxshi o`ynashdi. Hisobni ochganimizdan keyin ularning kayfiyati ko`tarildi. Penalti bo`lmaganida ehtimol boshqacha hisob bo`larmidi, - dedi mutaxassis.