“Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Lokomotiv”ning barcha ishqibozlarini qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Kutganimizdek, o`yin ancha murakkab kechdi. Yigitlar bugun xarakter namoyish eta olishdi. Ayniqsa, birinchi bo`limni juda yaxshi o`tkaza oldik. Ikkinchi bo`limda esa u qadar tezkor harakatlarni amalga oshirmagan bo`lsak-da, umuman olganda o`yin asosan bizning nazoratimiz ostida o`tdi va yakunda haqli tarzda g`alaba qozondik, - dedi mutaxassis.