“Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Hamid Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ikkita bo`limda 2 xil o`yin guvohi bo`ldik. Birinchi bo`limda yo`l qo`ygan qo`pol xatolarimiz tufayli “Lokomotiv” bizni jazoladi. O`yindan oldin yigitlarga bugungi raqib har qanday xatodan unumli foydalanishini aytgan edim. Lekin nimagadir o`yin sur`atiga kirishib olishimiz qiyin bo`ldi. Nima ham deya olaman, “Lokomotiv” – kuchli jamoa, mamlakatimiz chempioni, - dedi mutaxassis.