Bilasiz, kelasi hafta CocaColaSuperligada 7-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki klub – “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari mazkur tur doirasidagi o`z uchrashuvlarini boshqalardan ertaroq 3 may, juma sanasida o`tkazishi lozim edi. Zero 6 hamda 7 may kunlari ushbu ikki klub Osiyo Chempionlar ligasida ham maydonga tushadi.
6 may kuni o`z maydonida Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qiluvchi – “Paxtakor” klubi rahbariyati CocaColaSuperliga 7-tur o`yinini 1 may sanasiga ko`chirishni so`rab PFLga murojaat qildi. Xalqaro maydonda o`yin o`tkazadigan klubning tayyorgarligiga etarlicha vaqt bo`lishi uchun PFL mazkur bahsni 1 may sanasiga ko`chirish so`roviga ijobiy javob berdi.
7-tur
1 may, chorshanba
18:30 PAXTAKOR — METALLURG
3 may, juma
18:20 QO`QON-1912 — LOKOMOTIV
4 may, shanba
17:30 NAVBAHOR — SO`G`DIYoNA
19:45 BUXORO — NASAF
5 may, yakshanba
17:20 ANDIJON — DINAMO
17:30 AGMK — SURXON
19:45 QIZILQUM — BUNYoDKOR