Vadim Abramov: Bir-biridan farq qiladigan 2 xil taymlar guvohiga aylandik

“Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun bir-biridan farq qiladigan 2 xil taymlar guvohiga aylandik. Birinchi bo`limdayoq barcha masalani uzil-kesil hal etib qo`yishimiz lozim edi. Lekin “Buxoro” jamoasi ikkinchi bo`limda 2 marta darvozamizni ishg`ol etishni uddalay oldi, biz uchun kutilmaganda. Ammo baribir yigitlarimiz shundan keyin ham bo`shashishmadi va hisobni tenglashtira olishdi. Yutganimizda yaxshiroq bo`lar edi, albatta. Lekin na iloj. Bugungi xatolarimiz kelasi galgi g`alaba uchun yigitlarga dars bo`lsa ajab emas, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb