“Nasaf” – AGMK uchrashuvidan so`ng mehmonlar murabbiyi Hikmat Ergashev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Nasaf” jamoasini yutuq bilan tabriklayman. Ushbu klub o`z akademiyasiga ega, tarkibi esa ancha shakllangan jamoa. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz. Yigitlar hali bir-biriga to`la kirishib keta olganicha yo`q. O`tgan o`yinda ham o`z xatolarimiz evaziga mag`lub bo`lgan edik. Bugungi o`yindagi mag`lubiyat uchun ham muxlislardan uzr so`raymiz. Menimcha, bizning jamoamizga xarakter etishmadi. Qolaversa, jamoani o`z ortidan ergashtira oladigan etakchi yo`q ekani pand berdi, - dedi mutaxassis.