Davron Fayziev: Shogirdlarim bilan faxrlanaman

“Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- “Navbahor” jamoasi bugun men qo`rqqan jihatdan foydalanib darvozamizni 2 bora ishg`ol qildi. Namanganliklarga standart vaziyatlar juda qo`l keldi. Umuman olganda Superliganing super jamoasiga munosib qarshilik ko`rsata oldik, deb o`ylayman. Bugun jamoamiz 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko yo`qotdimi degan savolga javob berishni esa muxlislarga qoldirgan bo`lar edim. Bugun stadionga kelgan ishqibozlar afsuslanmaydigan o`yin bo`ldi, fikrimcha. Bugun maydonda jangovar tarzda harakat qilgan shogirdlarim bilan esa faxrlanaman, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb