“Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Muxlislarga yoqadigan o`yin bo`ldi, gollar, xavfli vaziyatlar, ochiq futbol… Jamoamdan u qadar mamnun emasman. Ikkinchi bo`limni biroz yaxshi o`tkazdik. Lekin birinchi bo`lim haqida unday deya olmayman. Qancha qulay imkoniyatlar qo`ldan boy berildi. Hali ushbu vaziyatlarni yaxshilab o`rganib chiqamiz, zarur xulosalarni chiqaramiz. Biz faqatgina biror o`yinda emas, balki har bir uchrashuvda yaxshi futbol ko`rsatishimiz lozim. Muxlislarga esa uzoq yo`l bosib, bizni qo`llab-quvvatlash uchun kelginliklariga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.