Coca Cola Superliga, 6-tur: 27 aprel kungi 2 ta o`yin jonli, 1 tasi esa yozib olingan holda namoyish etiladi

Ushbu hafta yakunida Coca  Cola  Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tishini bilasiz.

27 aprel sanasidan 3 ta uchrashuv o`rin olgan bo`lib, Professional futbol ligasi mazkur o`yinlarning 2 tasi jonli efirda namoyish etilishini ta`minlash maqsadida Sport telekanali va klublar bilan kelishib, “Lokomotiv” — “Qizilqum” bahsi boshlanish vaqtinini 2 soat ertaroq etib belgiladi.

Shu tariqa, “Lokomotiv” — “Qizilqum” hamda “So`g`diyona” — “Paxtakor” o`yinlari jonli efirda, “Metallurg” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi esa yozib olingan holda Sport TV orqali namoyish etiladi.

Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Qizilqum” o`yini avvalroq soat 19:35da o`tkazilishi ko`zda tutilgan edi. 

 

 

27 aprel, shanba

17:30 LOKOMOTIV — QIZILQUM (jonli efir)

18:30 METALLURG — QO`QON-1912 (yozib olingan holda ko`rsatiladi)

19:35 SO`G`DIYoNA — PAXTAKOR (jonli efir)   

mib
uzcard
cola
apex
bmb