Ushbu hafta yakunida va kelasi hafta boshidaCocaCola Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “Surxon” jamoasi o`z maydonida “Andijon” bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda termizliklar to`liq oq libosda, andijonlik futbolchilar esa to`liq ko`k sport formalarida maydonga tushishadi.
Ta`kidlash joiz, “Surxon” — “Andijon” bahsi 29 aprel kuni soat 17:30da bo`lib o`tadi.