Ushbu hafta yakunida Coca Cola Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “So`g`diyona” o`z maydonida “Paxtakor” bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda jizzaxliklar to`liq oq rangdagi sport liboslarida maydonga chiqishadi. Toshkentliklar esa sariq-ko`k futbolka, ko`k shorti va ko`k getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “So`g`diyona” — “Paxtakor” uchrashuvi 27 aprel, shanba kuni soat 19:35da bo`lib o`tadi.