Ushbu hafta yakunida CocaColaSuperligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Mazkur tur doirasida “Lokomotiv” o`z uyida “Qizilqum”ni qabul qiladi. Mazkur bahsda “temiryo`lchilar” qizil futbolka, yashil shorti hamda yashil getrilarda maydonga chiqishadi. Navoiylik futbolchilar esa oq futbolka, qora shorti va oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Qizilqum” bahsi 27 aprel, shanba kuni soat 19:35da bo`lib o`tadi.