Coca Cola Superliga, 6-tur: Samarqanddagi o`yin o`z vaqtida o`tadi, Termizdagi uchrashuv esa ko`chirildi

Xabaringiz bor, 26-27 aprel kunlari Coca  Cola  Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Mazkur tur doirasida 26 aprel, juma kuni “Dinamo” o`z maydonida “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. 

So`nggi kunlarda yurtimiz bo`ylab yomg`ir tez-tez yog`ayotgani barchaga ma`lum. Kecha kun bo`yi yomg`ir yoqqani sabab Samarqanddagi “Dinamo” stadionida suv to`plangani va o`yin boshqa sanaga ko`chishi mumkinligi borasida OAVda xabarlar tarqaldi.

“Dinamo” klubi mazkur holat yuzasidan stadionni suvdan tozalash ishlari olib borilgani va stadion 6-tur o`yinini o`zida qabul qilishga tayyor ekanini ma`lum qildi.

“Dinamo” — “Navbahor” uchrashuvi avvaldan belgilanganidek 26 aprel kuni soat 17:30da bo`lib o`tadi. 

Shuningdek, mazkur tur doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvi esa Surxondaryo viloyati hokimligining mamlakat rahbariyatining ehtimoliy tashrifi munosabati bilan o`yinni boshqa sanaga ko`chirish bo`yicha so`roviga asosan 27 aprel kunidan 29 aprel sanasiga ko`chirildi. 

Mazkur bahs 29 aprel kuni soat 17:30da bo`lib o`tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb