26-27 aprel kunlari Coca Cola Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “Metallurg” o`z uyida “Qo`qon-1912” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda bekobodliklar to`liq oq rangdagi sport formalarida harakat qilishadi. Qo`qonlik futbolchilar esa ko`k rangli libosda maydonga chiqishadi.
Ta`kidlash joiz, “Metallurg” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi 27 aprel, shanba kuni soat 18:30da bo`lib o`tadi.