26-27 aprel kunlari CocaCola Superligada 6-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasida “Nasaf” jamoasi o`z maydonida AGMKga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuvda qarshiliklar to`liq ko`k rangli sport liboslarida maydonga tushishadi. Olmaliqlik futbolchilar esa sariq futbolka, qora shorti va qora rangdagi getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Nasaf” — AGMK uchrashuvi 26 aprel, juma kuni soat 19:35da bo`lib o`tadi.