Maydon chimini ideal holatga keltirish va uni parvarishlash bo`yicha Superliga klublari vakillariga seminar tashkil etildi

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi Superliga va Pro-liga klublari stadionlarining zamonaviy talablarga javob berishi, xususan maydon chimining holati ideal darajaga keltirilishi masalasiga juda jiddiy e`tibor qaratmoqda.

Natijada, joriy mavsum avvalida qator stadionlarda maydon maysasi yangilandi va yaxshi holatga keltirilmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, har bir klub uy stadioni maydoni holati hamma vaqt yaxshi darajada bo`lishini ta`minlash maqsadida O`zPFL tashabbusi bilan bugun “Milliy” stadionda klublar maydoniga mas`ul xodimlar uchun maxsus amaliy seminar tashkil etildi. Unda barcha klublar vakillari, maydon bo`yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarni Turkiya Futbol Federatsiyasi maydonlar bo`yicha mutaxassislari Tug`rul Hochaoglu hamda Tayfun Tunguz olib borishdi. Unda futbol uchrashuvlari o`tkaziladigan maydonlarga qanday parvarish berish, maysani sug`orishdagi muhim jihatlar, chim holatini yaxshilaydigan o`g`it va boshqa maxsulotlardan qanday foydalanish va umuman maydonni futbol uchrashuvini qabul qilishga ideal holda tayyorlashda e`tibor qaratiladigan barcha jihatlar to`g`risida batafsil ma`lumot almashildi.

Seminar qatnashchilari bo`lgan klublarimiz vakillari bu borada o`zlarini qiziqtirgan savollarga bafurja javob olishdi va turk mutaxassislari tajribasini o`z ish joylarida tatbiq etish bo`yicha fikr almashishdi. 

Qayd etish joiz, “Milliy” stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o`tgandik. Mazkur stadion chimini yangilashda ham aynan turk mutaxassislari ish olib borishdi. Bugungi seminarda ushbu mutaxassislar ham ishtirok etishdi va o`z tavsiya va tajribalari bilan o`rtoqlashishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb