“So`g`diyona” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ulug`bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ketma-ket 3 mag`lubiyatdan so`ng yigitlarda biroz o`zlariga ishonch yo`qolgan edi. Shu sababdan ham bugun yaxshi natija qayd etishimiz shart edi. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Muxlislarga ham ajoyib qo`llab-quvvatlashgani uchun tashakkur. Bugun oldinga qadam tashlay oldik, deb o`ylayman. Lekin hali oldimizda turgan qilinishi lozim bo`lgan ishlar talaygina. Endi bor diqqat-e`tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis.