“So`g`diyona” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Rosti, raqib jamoada biz bilan o`yin oldidan yangi murabbiy ish boshlaganidan biroz havotirim bor edi. Zero yangi murabbiy qo`l ostidagi dastlabki uchrashuv hamisha o`zgacha taassurotlar bilan o`tadi. Jizzaxliklar bugun ruhiy bosimni enggib o`ta olishdi va ajoyib 2 ta gol kiritishdi. Biz esa o`z xatolarimiz evaziga jazolandik. Gollardan so`ng maydonga yangi futbolchilarni tushirdik, ular qo`ldan kelgancha harakat qilishdi. Lekin bu xatto bir ochko olishimizga ham etarli bo`lmadi. Jizzax jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Biz esa o`z xatolarimizni tuzatish ustida ishlashda davom etamiz, - dedi mutaxassis.