Andrey Kanchelskis: Nihoyat qulay imkoniyatlardan unumli foydalana boshladik

“Navbahor” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Haqli tarzda g`alabaga erishdik, deb o`ylayman. Buning uchun yigitlarga, shuningdek muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bugun futbolchilar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Va nihoyat ko`plab yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan foydalanib, gollar ura boshladik. Keyingi bahslarda ham shunday davom etishga harakat qilamiz. Endi bor e`tiborni “Dinamo” jamoasiga qarshi bo`ladigan bellashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb