“Navbahor” – “Surxon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Navbahor” jamoasini bugungi g`alaba bilan tabriklayman. Ular bugun yaxshi o`yin namoyish etishdi. Biz esa bugun o`zimiz istagandek yaxshi o`ynay olmadik. Gol o`tkazib yuborgunga qadar mudofaada yomon o`ynamayotgan edik. Lekin darvozamiz ishg`ol etilgach, oldinga o`tib ketdik va natijada yana gol bilan jazolandik, - dedi mutaxassis.