“Qizilqum” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi No``mon Hasanov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Guvohi bo`ldingiz, ikkala jamoa ham yomon o`yin ko`rsatmadi. Murod Xolmuhammedov jarima zarbasidan gol kritdi va shu gol evaziga g`alaba qozondik. O`zi o`yin bitta golga qadar davom etadigan ko`rinish olgandi. O`yin sur`atidan durang qayd etiladigandek taassurot uyg`onayotgan edi. O`tgan uchrashuvlardagi mag`lubiyatlardan to`g`ri xulosa chiqargan holda jamoamiz bugun yaxshi o`yin namoyish eta oldi. Birinchi galda uzoq yo`l bosib kelgan ishqibozlarimizdan minnatdormiz. Aynan ularni ko`rib, yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi va g`alabaga erishishdi, - dedi mutaxassis.