
Bilasiz, kecha O`zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
1/32 final uchrashuvlari taqvimda 30 aprel hamda 1 may kunlari o`tkazilishi avvaldan belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston kubogi 1/32 final
30 aprel
Turon – Rash Milk
Zirabuloq – Yangier
1 may
Zarangari – Orol
Rubin – Ittifoq N / Ittifoq B
Yashnobod / Chig`atoy – G`ijduvon
Lokomotiv-BFK – Zomin
Barcha o`yinlar soat 16:30da start olishi ko`zda tutilgan.
Bugun O`zbekiston kubogi uchun saralash uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Sharqiy mintaqadan saralashda “Chig`atoy” hamda “Yashnobod” klublari o`zaro o`yin bilan ishtirok etadi. G`arbiy mintaqada esa Navoiy hamda Buxoroning “Ittifoq” jamoalari o`zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvlar g`oliblari 1/32 finalda to`p surish huquqini qo`lga kiritadi.
Qur`a jarayonida jami 12 ta klub olti juftlikka ajratildi. Bosqich g`oliblari 1/16 final chiptasini qo`lga kiritadi.
1/16 finaldan boshlab musobaqaga Superliganing 10 hamda A Pro-liganing 8 jamoasi qo`shiladi. 1/8 finaldan boshlab esa “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va AGMK jamoalari turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Qayd etish joiz, 2019 yildan boshlab CocaCola homiyligida o`tadigan mazkur turnirda har bir bosqich faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo`ladi. G`olib asosiy va qo`shimcha daqiqalarda aniqlanmasa, penaltilar seriyasi yordamga keladi. Qur`a marosimlari Sport-TV orqali jonli namoyish etib boriladi.